18:56 / 27.11.2015
3243

Olimlar smartfon va sariyog‘li buterbrod o‘rtasida umumiy jihatni aniqlashdi

Aston universiteti olimi Robert Metyuz smartfon qaysi tomoni bilan yerga tushishiga qanday kuchlar va omillar ta'sir qilishini tushuntiruvchi formulani chiqardi. Buning tushuntirilishi sariyog‘li buterbrodning yerga tushishinikiga yaqin ekanligi aniqlandi. Bu “antiqa” ixtiro haqida Daily Mail nashri xabar berdi.

Olimning fikricha, 60 foiz vaziyatda smartfon aynan ekran tomoni bilan yerga tushadi. Bu birinchi navbatda odam smartfonni qo‘lida qanday ushlashiga bog‘liq. Agar smartfon bir qo‘l bilan ushlansa, barmoqlar smartfonning og‘irlik markazidan pastda joylashadi. U qo‘ldan tushib ketganda, aylantiruvchi lahza hosil bo‘ladi.

So‘ngra yer tortish kuchi, odam smartfonni qanday burchak ostida ushlagani, qurilma o‘lchami va materiali hamda tushish balandligi kabi omillar ishga kirishadi. Barcha olingan ma'lumotlarni yaratilgan formulaga qo‘yib, smartfon ekran tomoni bilan tushish ehtimolini qurish mumkin bo‘ladi.

“Tabiatan beso‘naqay odamlar va smartfonlarini doimo qo‘llarida o‘ynab turuvchi odamlarda bu holat yuz berishi xatari baland”, deb aytdi Metyuz.

Avvalroq Motorola kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqot natijasida 29 foiz ishlatilayotgan smartfonlar singan yoki darz ketgan ekranga ega ekanligi aniqlangandi.

Top