01:17 / 27.11.2015
4975

Putin: Rossiya va Fransiya teraktlardan ko‘rgan yo‘qotishlar sa'y-harakatlarni birlashtirishga majbur qilmoqda

Rossiya va Fransiya teraktlar tufayli yo‘qotishlari ikki davlatning terrorga qarshi sa'y-harakatlarini birlashtirishga majbur qilmoqda. Moskva bunga tayyor, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining fransiyalik hamkasbi Fransua Olland bilan 26 noyabrda Kremldagi uchrashuvda.

“Biz siz bilan Fransiya ko‘rgan yo‘qotishlar borasida hamdardmiz, bu og‘ir judoliklar, mening bilishimcha, oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra 130 kishi haloq bo‘lgan, 350 dan ko‘proq odam jarohat olgan. Bilasiz, Rossiya ham fuqarolik samolyotiga nisbatan uyushtirilgan jirkanch terakt oqibatida jiddiy yo‘qotishlarga uchradi. Va bularning barchasi bizning umumiy dushmanga qarshi sa'y-harakatlarimizni birlashtirishga majbur qiladi”, deb aytdi Putin.

Top