18:17 / 27.11.2015
8872

Qirg‘izistonlik ilohiyotchiga IShID hujum uyushtirdi

Qirg‘izistonlik ilohiyotchi, din masalalari bo‘yicha ekspert Qodir Malikov kecha, 26 noyabr kuni unga IShID tarafdorlari hujum qilganini aytmoqda. Bu haqda mahalliy matbuotda yozildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, uni aynan jismonan yo‘q qilishga bo‘lgan harakat amalga oshirilgan.

“O‘z mashinamga yaqinlashganimda, uni qora BMW to‘sib qo‘ydi. Menga pichoq va elektroshoker bilan zarbalar bera boshladi. Ulardan biri “Allohu akbar!” deb baqirar edi. Hujumchilar meni mashina ichiga tiqmoqchi bo‘lishdi, lekin men qochib, yaqin oradagi bozorga yetib oldim”, - dedi u.

“Men bu mening jonimga suiqasd edi, buni bilaman”, - dedi diniy faol.
Ayni paytda, mamlakat IIV mojaro maishiy asosda kelib chiqqanini, ilohiyotchi mashina parkovkasi masalasida boshqalar bilan talashib qolganini aytmoqda.

Top