18:18 / 27.11.2015
2641

Qozog‘istonda ekstremistik qatllar videosini qayta e'lon qilganlar jazoga tortiladi

Qog‘oziston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi vakili Fuat Raxmitovning aytishicha, qozog‘istonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ayrim xatti-harakatlari uchun jazoga tortilishi mumkin.

“Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qonunchilik talablarini bilmagan holda qatl va boshqa sahnalar tasvirlangan videomateriallarni tarqatishmoqda. Biz bu borada javobgarlikka tortish masalasini ko‘tarib chiqmoqdamiz”, - dedi Raxmitov. Bu haqda KazTAG xabar qildi.

“Foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoq orqali bunday turdagi ma'lumotlarni ixtiyoriy ravishda o‘chirib olishlari uchun vaqt beriladi. Agarda kimdir harakatga tushmasa, ma'muriy yoki jinoiy jazoga tortilishi mumkin”, - deya oydinlik kiritdi u.

Raxmitov taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, mamlakatda so‘nggi 11 oy ichida 900 dan ziyod sayt bo‘yicha materiallar kelib tushib, ular yuzasidan 700 marotaba ekspertiza o‘tkazildi. Ularning yarmidan ko‘piga diniy ekstremizm tashviqoti tufayli bloklash bo‘yicha taklif kiritildi.

Top