19:55 / 27.11.2015
2821

Qozog‘istonliklarga vatanparvarlik ifodasi sifatida milliy bayroqdan foydalanishga ruxsat berildi

Qozog‘iston madaniyat va sport vazirligi tillarni rivojlantirish va ijtimoiy-siyosiy ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Vasiliy Porubaymex davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlardan OAVni boxabar qildi.
“Yangi qonunda barcha chet el bayroqlari Qozog‘iston Respublikasi bayroqlari bilan bir paytda joylashtirishi ko‘rsatilgan. Ya'ni, chet el davlati atributi qayerda bo‘lmasin, uning yonida har doim bizning bayrog‘imiz turishi lozim”, - uning so‘zlarini keltiradi Qozog‘iston telegraf agentligi.
Shuningdek, brifing chog‘ida mansabdor qozog‘istonliklar o‘z vatanparvarlik tuyg‘ularini ifodalash uchun bayroqdan individual tarzda foydalanish huquqiga ega bo‘lganini ta'kidladi.
“Qozog‘iston Respublikasi davlat bayrog‘i jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z vatanparvarlik tuyg‘ularini ifodalash, o‘z mamlakatini hamda uning fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ommaviy tadbirlarda hamda individual tartibda ishlatilishi mumkin”, - tushuntirdi u.

Top