19:18 / 28.11.2015
9031

15 ta me'moriy durdonalarga boshqa rakursdan qaraganda

Jahon me'moriy san'at durdonalari go‘zalligini baholash uchun me'mor yoki haykaltarosh bo‘lishning hojati yo‘q. Olam mohir me'morlar qo‘li bilan dunyoga kelgan san'at asarlaridagi g‘aroyib g‘oyalar bilan to‘lib yotibdi. Suratlar, haykallar hatto butun me'moriy inshootlar ansambli — jamlamasi tajribasiz nigohni ham hayratga soladi.

Barchamiz dunyoning 7 mo‘'jizasi bo‘lgan, inson qo‘li bilan bunyod etilgan inshootlarni o‘ylamay turib sanab bera olamiz. Bugungi texnologiya rivojlangan davrda faqat erinchoq odam Toj-Mahal yoki mashhur Mona Liza asari qanday ko‘rinishda ekanligini bilmasligi mumkin. Odatda biz ularni kino, reklama va bosamaxonalardagi barchamizga ma'lum bo‘lgan rakursda ko‘rganmiz va bilamiz.

Ushbu durdona asarlarga boshqa tarafdan yoki ancha uzoqdan qarasak, qanday manzara guvohiga aylanamiz. Keling, bu manzaralarga birgalikda nigoh tashlaymiz.

• Kopengagendagi suv parisi haykali (Daniya)

 

• Agradagi buyuk “Toj Mahal” (Hindiston)

 

 

• Misr ehromlari

 

 

• Santorin orolidagi “Iya” shahri (Gretsiya)

• Uiltshir grafligidagi Stounxenj inshooti (Buyuk Britaniya)

 

 

• Berlindagi “Brandenburg darvozasi” (Germaniya)

 

 

• Afinadagi “Akropol” (Gretsiya)

 

 

• Dakota janubidagi “Rashmor” tog‘lari (AQSh)

 

 

• Pekindagi “Ta'qiqlangan shahar” shohona majmuasi (Xitoy)

 

 

• Barseloniyadagi gunohlar kechiriladigan muqaddas oila ibodatxonasi, (Ispaniya)

 

 

• Los-Anjyeles shahridagi mashhur “Gollivud” (AQSh)

 

 

• Nyu-Yorkdagi markaziy hiyobon (AQSh)

 

 

• Parijdagi “Zafar arki” (Fransiya)

 

 

• “Mona Liza” portreti (Fransiya)

 

 

Ushbu bebaho san'at asarlariga qay rakursdan qaramang, ularning go‘zalligi ortsa ortadiki hech ham kamaymaydi.

Top