12:44 / 28.11.2015
3886

2015 yildan buyon O‘zbekistonda yana 830ta korxona eksport faoliyatiga jalb etildi

27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati xabar qildi.

Xabarda keltirilishicha, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari M.Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlarining 2015 yil 9 oyidagi ijrosi to‘g‘risida ma'ruza qildi.

Ta'kidlandiki, jahon bozorlarida saqlanib turgan beqarorlik sharoitida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari va nomenklaturasini kengaytirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar tovarlar va xizmatlar eksportining oshishiga xizmat qildi. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va uning raqobatbardoshligini oshirish, tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi quvvatlarning ishga tushirilishini rag‘batlantirish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yil boshidan buyon eksport faoliyatiga yana 830 ta korxona jalb etildi.

Top