14:06 / 28.11.2015
3015

2020 yilga kelib Eron kuniga 4-7 mln barrel neft qazib olmoqchi

2020 yilga kelib Eron kuniga 4-7 mln barrel neft qazib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tehronda o‘tayotgan neft-gaz sohasi bo‘yicha yangi shartnomalarga bag‘ishlangan konferensiya chog‘ida xalqaro investorlar uchun o‘tkazilgan taqdimotda aytildi.

Tehronga qarshi sanksiyalar joriy qilinguniga qadar Eron kuniga 4 mln barrel neft qazib olar edi. Eksportga bu hajmning 2.5 mln barrellik qismi jalb qilinar edi.

Jahon neft zaxiralarining 9.3 foiziga, gaz zaxiralarining 18.2 foiziga ega Eron bugungi kunda yiliga 2.8 mln barrel neft qazib oladi.

Keyingi yilda sanksiyalar bekor qilinsa, bir necha oy mobaynida mamlakat hukumati ushbu ko‘rsatkichni 500 ming barrelga oshirmoqchi.

Top