00:01 / 28.11.2015
5396

Amnesty International: Turkiya suriyalik qochqinlarga nisbatan xalqaro huquqni buzmoqda

Turkiya o‘z hududidan suriyalik qochqinlarni chiqarib yuborib, xalqaro insonparvarlik huquqini buzmoqda. Bu haqda Londonda joylashgan Amnesty International huquqni himoya qilish tashiloti xabar berdi.

Ushbu tashkilot xodimlarining aytishicha. turk hukumati avval Erzurum shahrida urush bo‘layotgan davlatlar fuqarolarini ushlab turishga mo‘ljallangan markazda saqlangan 80 nafar suriyalik qochqinni ularning hayotini xavf ostiga qo‘yib va shu tariqa halqaro huquqni buzib, Turkiyadan chiqarib yuborgan, deb keltirmoqda Amnesty International’ning xulosasini The Guardian nashri.

Bunga qaramasdan, Turkiya bosh vaziri Axmet Dovudo‘g‘lu 29 noyabrda Bryusselda Yevropa Ittifoqining migratsiya muammosiga bag‘ishlangan maxsus sammitida ishtirok etmoqchi. Bu sammitda Yevropa yetakchilari Anqara bilan Yevropa Ittifoqi davlatlariga Turkiya orqali qochqinlar kelishini to‘xtatishga imkon beruvchi kelishuvni tuzishni rejalashtirishmoqda.
“Qochqinlar Turkiyada borgan sari asossiz ushlanish va Suriyaga majburan jo‘natilishga uchramoqdalar, chunki Turkiya hukumati Yevropa Ittifoqi bilan foydali bitimni tuzish uchun xavfli hisoblangan odamlarni jazolamoqda”, deb aytmoqda Amnesty International’ning Turkiyaga javob beruvchi xodimi Endryu Gardner.

Amnesty International, shuningdek, urush bo‘layotgan davlatlar fuqarolarini ushlab turishga mo‘ljallangan markazda suriyalik qochqinlarning kaltaklanishi holatlarini qayd qildi. Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, zo‘ravonlikka uchragan odamlar o‘z istagi bilan deportatsiya qilinishi haqidagi hujjatlarni imzolashga majburlangan. “Ba'zi odamlar bizlarga ular hujjatlar turk tilida tuzilgani uchun qanday hujjatlarni imzolayotganlarini bilmaganliklarini aytganlar. Boshqalar esa hujjatlarga imzo qo‘ymagunlaricha xonalarga qamab qo‘yilganlarini aytishdi. Ba'zi hollarda turk zobitlari kuch bilan tom ma'noda ularni qo‘lidan ushlab, hujjatlarni imzolatishgan”, deb qo‘shimcha qildi Gardner.

Huquqni himoya qilish tashkiloti Turkiyada suriyalik qochqinlarga hech qanday huquqiy ko‘mak berilmayotganini aytdi. Ayni paytda Turkiyada Yaqin Sharq davlatlaridan 2,2 mln qochqin bor.

Top