09:13 / 28.11.2015
2042

Dekabrda Serbiya YeI tarkibiga qo‘shilish borasida muzokaralarni boshlaydi

Dekabr oyining o‘rtasida Serbiya Yevropa Ittifoqi tarkibiga qo‘shilish borasida muzokaralarni boshlaydi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Serbiyaning muzokara guruhi rahbari Tanya Mishchevichning so‘zlariga qaraganda, bunday qaror YeIning Serbiyadagi vakili Maykl Devenport bilan o‘tgan suhbat natijalaridan ma'lum bo‘lgan.

“Serbiya va Yevroittifoqi muzokara platformasining birinchi qismi ikki-uch haftadan so‘ng ochilishi mumkin. Bu YeIga a'zo davlatlar hamda nomzod davlat hukumatlararo konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi”, - ma'lum qildi Mishchevich xonim.

Top