22:30 / 28.11.2015
5981

Mourinyu: Drogbaning bu so‘zlari kitobini yaxshiroq sotishdan bo‘lak narsa emas

“Chelsi” klubining bosh murabbiyi Joze Mourinyu “aristokratlarning” sobiq hujumchisi, hozirda “Monreal Impekt” klubi uchun to‘p surayotgan Dide Drogbaning yaqinda aytgan so‘zlariga izoh berdi. O‘zining savdoga chiqqan avtobiografik kitobini targ‘ib qilayotgan Drogba intervyularidan birida avval “Chelsi”da shaxsiyatlar yetarli bo‘lgani, hozirda esa ulardan faqatgina Jon Terrigina qolganini aytgan.

“Siz kitobni sotish uchungina nimadir desangiz, men bu so‘zlarni o‘qimayman. Men Dide kabi zo‘r yigitlarning intervyularini yaxshi ko‘raman. Biroq u so‘zlar intervyu paytida aytilmagan, chunki men uni intervyu deya olmayman. Bu intervyu emas, balki kitobni yaxshiroq sotish istagidir. Biroq bu mening hafsalimni pir qilmadi, chunki biz shunday dunyoda yashamoqdamiz. Drogbaning intervyusi haqida mamnuniyat bilan gaplashishim mumkin, biroq, uzr, uning kitobi sotilishi haqida emas”, deb aytdi Mourinyu.

Top