12:39 / 28.11.2015
2941

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining 58,7 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga sarflandi

27 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida byudjyet xarajatlar qismining 58,7 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga sarflangani ta'kidlab o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati xabariga ko‘ra, majlisda ijtimoiy soha xarajatlari tarkibining katta qismini hamon ta'lim va sog‘liqni saqlash xarajatlari tashkil etayotganligi alohida ta'kidlab o‘tildi.

Bunda ijtimoiy soha xarajatlarining 56,3 foizi ta'lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirishga yo‘naltirildi. 24 foizi esa sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga yo‘naltirildi. Bu 2014 yilning xuddi shu davriga nisbatan 17,1 foizga ko‘p demakdir.

Top