13:27 / 28.11.2015
4071

Parij voqealaridan so‘ng Florida islom dini mohiyatidan xabar beruvchi billbordlar paydo bo‘ldi

Parij voqealaridan so‘ng Amerikada ham musulmonlarga nisbatan ham turli salbiy munosabatlar avj olmoqda. Shu bois Floridadagi musulmonlar reklama pannolari, banner va billbordlarga islomning mohiyati haqidagi so‘zlarni qo‘ymoqda, deya xabar bermoqda Muxlis.uz sayti.

Masalan, shunday bannerlardan birida "Muhammad tinchlik, adolat va ayollarning ijtimoiy himoyasini yoqlagan”, deyilsa, boshqa birida "Alloh sizning tashqi ko‘rinishingiz va holatingizga qarab, hukm chiqarmaydi”, deb yozilgan.

Hozirda shaharlarning markaziy nuqtalaridagi o‘nlab billbordlarga ana shunday so‘zlar yozilib, islom haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lishni istovchilar uchun telefon raqamlari ham yozilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘ng‘iroq qilganlar soni asta-sekinlik bilan ko‘payib borayapti.

Top