17:44 / 28.11.2015
3990

Qirg‘izistonning sobiq mudofaa vaziriga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qirg‘izistonning sobiq mudofaa vaziri Taalaybek O‘muraliyev hamda u bilan sheriklikda ayblanayotgan bir qator mansabdorlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda mamlakat harbiy prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, 2013 yil aprelida mudofaa vazirligi “Asker Qurulush” davlat korxonasi bilan shartnoma imzolab, shu asosda qurilish ishlariga 5 mln som (70 ming dollar) ajratgan. Ammo bu pul davlat korxonasi tomonidan tegishli maqsadlarda ishlatilmay, noqonuniy ravishda tijoriy strukturalar hisobiga o‘tkazilgan va u yerda 2 yil davomida aylantirilgan.

Top