17:16 / 28.11.2015
2913

Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlarini aksilterror harakatlarini BMT atrofida birlashtirishga chaqirdi

Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlarini terrorga qarshi kurash yo‘lidagi sa'y-harakatlarini BMT atrofida birlashtirishga chaqirdi. Bu haqda mamlakat TIV matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.

Unda keltirilishicha, Qozog‘iston vakillari 27 noyabr kuni Dushanbeda o‘tkazilgan 6-yillik Markaziy Osiyo TIV o‘rinbosarlari uchrashuvida ishtirok etgan. Ushbu tadbir har yili BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etiladi.

“Qozog‘iston delegatsiyasi rahbari maxsus topshiriqlar bo‘yicha Qozog‘iston TIV elchisi Timur O‘razayev Ostonaning aksilterror harakatlarini BMT atrofida birlashtirish tashabbusini qo‘llashga chaqirdi”, - deyiladi hujjat matnida.

Top