15:54 / 28.11.2015
3404

Samarqandda elektr nazoratchisining ish o‘rganuvchisi o‘zini inspektor deb tanishtirib, mijozlarning pulini o‘zlashtirdi

Samarqandda elektr nazoratchisining ish o‘rganuvchisi o‘zini inspektor deb tanishtirib, mijozlarning pulini o‘zlashtirdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Bekzod Qodirov Samarqand shahar “Temiryo‘l energosotish” bo‘limiga ish so‘rab kelgan. Rahbariyat uni Shavkat ismli nazoratchiga biriktirib qo‘ygan. Ular ikkalalashib bir qancha mijozlarning uylarini aylanib chiqishgan.

Bu uyni eslab qolgan Qodirov keyinchalik bu uylarga yolg‘iz qaytib kelib, o‘zini aholi bo‘yicha nazoratchi deb tanishtirgan.

Aldov yo‘li bilan soxta nazoratchi Fazilat ismli ayoldan 200 ming so‘m, O‘g‘iloy ismli ayoldan esa 132 ming so‘m olgan. Ammo bu pullar hisobga tushmaganidan gumon qilgan ayollar “Temiryo‘l energosotish”ga borib, shikoyat bildirishgan.
Mijozlarning mablag‘larini o‘zlashtirgan ish o‘rganuvchi tez orada aniqlanib, sudga topshirilgan.

Top