15:35 / 28.11.2015
8206

Toshkentda jamoat transporti harakatini onlayn ko‘rsatib turuvchi VIA.UZ mobil ilovasi ishlab chiqildi

«VIA-TASHKENT» korxonasi tamonidan Toshkent shahri jamoat transporti yo‘lovchilari uchun avtobuslarning bekatlarga keshishini onlayn tarzda ko‘rsatib turuvchi maxsus informatsion VIA.UZ mobil ilovasi ishga tushirildi.

VIA.UZ dasturi ijtimoiy loyiha bo‘lib, yo‘lovchilarning jamoat transportini kutish vaqtini tejash hamda jamoat transporti ishini yanada yaxshilashga qaratilgan.

Mobil ilova foydalanuvchilari avtobuslarning bekatlarga kelish vaqtlari bo‘yicha ma'lumotlar olishdan tashqari, dastur orqali taklif va mulohazalarini yuborishlari, ushbu sohaga oid yangiliklarni kuzatib borishlari ham mumkin. Unda foydalanuvchi doimiy ravishda avtobuslarga chiqadigan bekatlarni aniqlab olib, kerakli avtobusning kelib-ketish vaqtini kuzatib borishi mumkin. Agarda jamoat transporti haydovchisi yoki chiptachisi tartib-qoidalarni buzsa, deylik bekatlarda to‘xtamasdan o‘tib ketsa, bu haqda mobil ilova orqali shikoyat yuborishi mumkin.

Loyiha «Toshtransdispetcherxizmat» Unitar korxonasi hamda Toshkent shahar hokimligining yo‘lovchi tashishning barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti bilan hamkorlikda yaratilgan.

Ilovani quyidagi manzil orqali yuklab olishingiz mumkin:

Android uchun: iPhone uchun

Top