20:13 / 28.11.2015
2259

Tunisda avtobusda portlash uyushtirgan uch gumonlanuvchi ushlandi

Tunisda mamlakat prezidenti qo‘riqlash xizmati xodimlari ketayotgan avtobusni portlatishni uyushtirishga aloqador bo‘lgan uch nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi, deb
xabar bermoqda Jawhara FM nashri.

Barcha ushlanganlar Tunis poytaxtidagi terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha markaziy boshqarmaga jo‘natilgan.

24 noyabrda Tunisda terrorchi-xudkush prezident qo‘riqlash xizmati xodimlari ketayotgan avtobusga hujum qilgan. Portlash oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan. Tunisda shu munosabat bilan 30 kunga favqulodda holat tartibi kiritildi. Ushbu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Avvalroq Tunisda terrorchilikda gumon qilinayotganlar haqidagi ma'lumot uchun mukofot puli e'lon qilingandi.

Top