07:15 / 29.11.2015
8637

Iroq deputati: IShID Turkiyaga 800 mln dollarlik neft va gaz sotgan

Maxsus xizmatlar ma'lumotlariga ko‘ra, IShID terrorchilik guruhi 8 oy davomida Turkiyaning qora bozorida jahon narxlaridan ikki barobar arzonga 800 mln dollarlik Iroq neft va gazini sotgan, deb aytdi Iroqning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi va “Qonun davlati” parlament koalitsiyasi yetakchilaridan biri Muvofaq ar-Ruboiy. Ar-Ruboiy bu haqda Sputnik nashriga telefon orqali ma'lum qildi.

“Bu biz IShIDni to‘yintiruvchi kislorod deb ataydigan narsa va agar biz bu kislorodni to‘ssak, unda biz IShIDni bo‘g‘ishga muvaffaq bo‘lamiz”, deb aytdi ar-Ruboiy.   

Top