14:45 / 29.11.2015
5161

Keksa saudiyalik erkak suv ostida qolgan yo‘lni suzib o‘tdi

Saudiya Arabistonining Burayda shahrida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida toshqin yuz berib, shahar ko‘chalari suvga to‘ldi. Odamlar uylariga yetib olish, yo‘lning narigi tomoniga o‘tish uchun suvga tushib, suzishlariga to‘g‘ri keladi.

Keksa bir erkakning yo‘ldan suzib o‘tayotgani qayd qilingan videolavha YouTube videoservisiga joylashtirildi. Qisqa muddatda minglab odamlar tomonidan ko‘rilgan mazkur videolavha muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Videoni Ajel gazetasi internetga joylashtirdi.

Top