09:22 / 29.11.2015
11758

Klichko Fyuridan revansh olmoqchi

Ukrainalik bokschi o‘zining kechagi raqibi, 11 yildan buyon uni birinchi marta mag‘lubiyatga uchratgan britaniyalik Tayson Fyuri bilan revansh uchrashuvini o‘tkazishdan umidvorligini ma'lum qildi.
“Men yaxshi tayyorlangan edim. Tayson juda tez va g‘ayratli edi”, - tan oldi bokschi.
“Men tezligim yetmayotganini his qildim, lekin to‘g‘ri masofani topa olmadim, - uning so‘zlarini keltiradi Fightnews.com. – Men yutqazayotganimni bilardim, lekin buning yechimi yo‘q edi”.
“Umid qilamanki, revansh bo‘ladi”, - xulosa qildi sobiq jahon chempioni.

Top