22:02 / 29.11.2015
3288

Rossiya klublari galdagi transfer oynasida turkiyalik futbolchilarni sotib ololmaydi

Rossiya sport vaziri, Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko bergan bayonotga ko‘ra, Rossiya klublari qishki transfer oynasi chog‘ida turkiyalik futbolchilarni o‘z saflariga qo‘shib ololmaydilar.

Ilgariroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ish beruvchilarga 2016 yil 1 yanvaridan Turkiya fuqaroligiga ega ishchilarni yollamaslikka ko‘rsatma bergan edi.

“O‘ylaymanki, kimdir qishki transfer oynasida turkiyalik futbolchini taklif qilmoqchi bo‘lsa, u bunday imkoniyatga ega bo‘lmaydi. Oldindan fikr bildirish kerak emas, ammo kerakli ishora oldik”, - uning so‘zlarini keltiradi “R-Sport” nashri.

“Sport vazirligi klublarga turkiyalik sportchilarni taklif qilishdan tiyilishni tavsiya qiladimi? Albatta. Mutlaqo”, - qo‘shimcha qildi vazir.

Top