12:32 / 29.11.2015
5509

Surxondaryolik talaba abituriyentni o‘qishga kiritish bahonasida 4 mln so‘m olib, qo‘lga tushdi

Surxondaryolik talaba abituriyentni o‘qishga kiritish bahonasida 200 dollar olib, qo‘lga tushdi. Bu haqda “Ogoh” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, 1989 yili tug‘ilgan Abbos Masharipov Toshkentdagi nufuzli oliygohlardan birining talabasi bo‘lgan chog‘ida jizzaxlik Nazira Nigmatova ismli ayol bilan tanishib qolgan. Ayol qizini Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogik universitetiga kiritmoqchi ekanligini bilib, unga “yordam” berishini aytgan.
Shu tariqa u ayoldan dastlab 200 dollar, so‘ng 400 ming so‘m olgan.
Bir muddatdan so‘ng Masharipov Nigmatovadan yana 4 mln so‘m olgan. Lekin bu pullarni o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Vaqti kelib, qizi o‘qishga kira olmaganidan xabar topgan Nigmatova Masharipovdan pullarin qaytarishni talab qilgan. Lekin Masharipov pulni qaytarishni istamay, ayolga dag‘dag‘a qilgan. Shunda Nigmatova huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
Firibgar qo‘lga olinib, o‘zlashtirgan pullarini qaytarishga majbur etilgan.

Top