19:53 / 30.11.2015
3476

"Barselona" El-klasiko sharhi vaqtida sharhlovchilari Neymarning oyog‘ini sindirishni ma'qullagan radio ustidan shikoyat qildi

Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya zo‘ravonlikka qarshi kurashish qo‘mitasiga Cadena Cope radiosi ustidan rasmiy shikoyat qilib chiqdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, radioda o‘yinni sharhlagan «Real»ning sobiq futbolchilari Manuel Sanchis va Poli Rinkon Neymarga nisbatan qo‘polligi uchun Iskoning qizil kartochka olgan vaziyatiga bergan izohi kataloniyaliklarning shikoyatiga sabab bo‘lgan.

«Neymar maydonda juda ko‘p mojaroli vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi yiqilishlarni amalga oshiradi. Shuning uchun uni tez-tez shu tarzda jazolab turish kerak», degan Sanchis. 

Rinkon esa unga qo‘shimcha qilib, «Agar maydonda men bo‘lganimda ham Neymarning oyog‘iga ikkilanmasdan tepgan, oyog‘ini sindirgan bo‘lardim», degan.

Top