10:35 / 30.11.2015
3050

Isroil ijtimoiy tarmoqlarda "pichoq" va "yahudiy" so‘zlarini aniqlaydigan mobil ilova ishlab chiqadi

Isroil TIV zo‘ravonlikka qarshi kurash ishlari doirasida ijtimoiy tarmoqlarda "yahudiy" va "pichoq" so‘zlari ishlatilgan o‘rinlarni aniqlaydigan mobil ilova ishlab chiqilishini ma'lum qildi. Bu haqda The Jerusalem Post gazetasida xabar yozilgan.

Ushbu loyiha bo‘yicha ishlashi uchun 10 nafar xodimdan iborati yangi bo‘lim tashkil etiladi va ular arab tili hamda zamonaviy texnologiyalar bilimdonlari bo‘lishadi.

Bu bo‘lim (departament) YouTube, Google va Facebook`da ivg‘o tarqatuvchilarni aniqlash bilan shug‘ullanishadi.

"Bu provakatsion urushdagi katta qadam bo‘ladi", degan Isroil TIV rahbari o‘rinbosari Tsipi Xotoveli.

Uning ishonch bildirishicha, zo‘ravonlik va ivg‘ogarlik harakatlariga qachon bo‘lmasin barham beriladi.

Biroz oldinroq, Isroil Falastin bilan muammolarini YeI ishtirokisiz hal qilmoqchiligi aytilgandi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu vazirlar bilan uchrashuv vaqtida Isroil "alohida terrorchilar" tahdidi ostida qolayotgani, bunday terrorchilikning paydo bo‘lishi ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshayotganini aytib o‘tgandi.

Top