17:39 / 30.11.2015
11434

Namangan viloyati IIBning yangi boshlig‘i tayinlandi

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri buyrug‘iga asosan Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

IIV rasmiy nashri hisoblanmish «Na postu» gazetasida xabar berilishicha, podpolkovnik Aziz Toshpo‘latov Namangan viloyati IIBning yangi boshlig‘i etib tayinlangan.

Shu yilning fevral oyida viloyat IIBga polkovnik Rustam Jo‘rayev boshliq etib tayinlangandi. Oktyabr oyida u Xorazm viloyati IIBga rahbar sifatida tayinlangan.

Top