14:31 / 30.11.2015
4904

Nazarboyev aholini tanga bilan yashashga ko‘nikishni maslahat berdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zining millatga murojaatida monetar uslublar bilan iqtisodiyotni o‘stirish lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

“Bizning barchamiz milliy valyutaga ishonishimiz kerak. Imkoniyatimizga qarab yashashimiz kerak. Bu bizning tekshirilgan prinsipimizdir”, - ta'kidladi u.

“Barchamiz tanga bilan yashashga ko‘nikishimiz lozim. Nonni tangaga sotib olamiz, kolbasa, sutni ham tangaga sotib olamiz. Dollar chet elda kiyinadiganlarga kerak. Yoki import tovarlar kerak bo‘lsa. Pul va depozit saqlash esa tangada bo‘lgani manfaatli, foizi kattaroq. Depozitlar dollarda bo‘lsa, foiz ham juda past bo‘ladi. Keling, lug‘atimizda “tanga” so‘zini ishlataylik, tanga bilan yashaymiz. Shuda tinchlik bo‘ladi, va biz o‘zimizga va o‘z davlatimizga yordam beramiz”, - qo‘shimcha qildi Nazarboyev.

Top