15:45 / 30.11.2015
6832

O‘zbekistonda 16 ming kilometrdan ziyod optik aloqa kabellari yotqizildi

2013 yilda tasdiqlangan “2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiyatexnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” doirasida mamlakatimiz hududi bo‘ylab 4100 kilometrdan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurildi.

Bu haqda 30 noyabr kuni O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarida keng polosali texnologiyalarning joriy qilinishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Dasturga muvofiq, 2013 yilda 2100 km, 2014 yilda 2000 km va 2015 yilning shu davriga qadar esa 1843 km optik aloqa liniyalari qurildi. Umumiy miqyosda esa mamlakatimiz hududi bo‘ylab 16 ming km.dan oshiqroq optik aloqa kabellari yotqizildi. Yana 10300 kilometr kabellar yotqizish rejalashtirilgan. Shuningdek, mobil keng polosali ulanishni rivojlantirish uchun 2 mingdan ziyod bazaviy stansiyalar o‘rnatildi.

Ayni paytda O‘zbekistonning 10dan ziyod telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlari ko‘p qavatli uylar va binolarda FTTx (muayyan nuqtaga optik aloqa kabeli – fiber to the x) arxitekturasi asosida optik tola yordamida internetga keng polosali texnologiyasini tatbiq etmoqda.

Top