17:35 / 30.11.2015
4861

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2750 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yilning 1 dekabridan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 14 so‘m 69 tiyinga qimmatlashib, qiymati 2 750 so‘m 43 tiyinni tashkil qilmoqda. 1 Yevro 3 so‘m 79 tiyinga arzonlashib 2 927 so‘m 88 tiyinni tashkil qilib turibdi.

Bu haftada Rossiya rublining so‘mga nisbatan qiymati kichik miqdorda pasaydi. Yangi kursga ko‘ra, 1 Rossiya rubli 65 tiyinga arzonlashib, 41 so‘m 52 tiyin qiymatga ega bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Top