15:00 / 30.11.2015
5063

Ronaldu, Messi, Sharapova va boshqa mashhurlar Parij teraktiga qarshi Je suis Paris roligida ishtirok etishdi

"PSJ" jamoasi tomonidan Parij terakti qurbonlari xotirasi uchun olingan, "Je suis Paris" deb nomlangan klipda sport olamining taniqli vakillari ishtirok etishdi.

Jamoa futbolchilari shu ibora tushirilgan futbolkalarda "Malmyo" va "Trua" jamoalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishgan. Ular shu tariqa 13 noyabr kuni amalga oshirilgan teraktlar natijasida qurbon bo‘lganlarning xotirasiga hurmat bajo keltirishgandi.

"Je suis Paris" nomli rolikda Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Neymar, Zlatan Ibrohimovich, Franchesko Totti, Dide Drogba, Anxel Di Mariya, Mariya Sharapova va Pit Sampras kabi mashhurlar ishtirok etgan.

Top