09:23 / 30.11.2015
5428

Toshkent lok-bo‘yoq zavodi: yangicha ko‘rinish

Yaqin kunlarda Toshkent lok-bo‘yoq zavodida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish bo‘yicha investitsion loyiha amalga oshiriladi. Emal va lok ishlab chiqarish bo‘yicha ekologik xavfsiz, zamonaviy texnologik parkni yaratish rejalashtirilgan. Loyiha polshalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

2016 yildan 2020 yilga qadar sarmoyadorlar zavod hududidagi binolarni qurish va qayta ta'mirlash yo‘li bilan ishlab chiqarish kompleksini yaratadilar. Shuningdek eskirib qolgan uskunalarni almashtirish amalga oshiriladi va sifatli hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi ixcham, energiya jihatidan samarali zavod yaratiladi. Parkni barpo etish uchun muhandis va boshqa mahoratli mutaxassislar jalb etiladi, ular komplekni qurishda zamonaviy sifat standartlari hamda mazkur sohadagi ilmiy yutuqlarni hisobga oladilar. Zavod quvvati XX asr o‘rtalarida barpo etilgan. Uskunalar eskirgan, shu sababli u energiya jihatidan chiqimdor, past darajadagi rentabelikka ega va bozorda raqobatbardosh bo‘lmagan mahsulotni ishlab chiqaradi.

Qayd etish joizki, yangi majmuada avtoparkka ega bo‘lgan logistika markazi yaratiladi va qurilish materiallari hamda xalq iste'moli uchun import o‘rnini bosuvchi boshqa loyihalar amalga oshiriladi. Ushbu mahsulot ichki bozorda sotiladi va eksportga yuboriladi. Bundan tashqari, 1500 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning yangi turlari o‘zlashtiriladi.

Toshkent lok-bo‘yoq zavodiga 1945 yilda asos solingan, u quyidagi lok-bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqaradi: pigment, erituvchi, olif, emal, bo‘yoq va lok. 2014 yilda ishlab chiqarish hajmi 11 986 216 000 (11 mlrd 986 million 216 ming) so‘m miqdoridagi 2 393,84 (2 400) tonna mahsulotni tashkil etdi, 2015 yilning boshidan beri hajmi 3 002 000 000 (3 mlrd 2 million) so‘mlik 681 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarildi. Hozirgi kunda zavodda 350 kishi ishlamoqda.

Reklama xuquqi asosida.

Top