07:29 / 30.11.2015
2950

Turkiya 2016 yilning oxirigacha YeI bilan vizasiz rejim joriy qilinishini istamoqda

Turkiya YeI davlatlari bilan 2016 yilning oxirigacha vizasiz rejim o‘rnatilishi talabi bilan chiqdi. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda TASS agentligi xabar bergan.

"Anqara keyingi yilning oktabr-noyabr oylarigacha vizasiz rejim bo‘yicha kelishuv tuzilishini talab qilmoqda", degan manba.

Manbaning aytishicha, Turkiya 2016 yilning iyunida qayta qabul qilish bo‘yicha shartnomani imzolashni rejalashtirgan. Unga ko‘ra, YeI hududida bo‘lib turgan noqonuniy muhojirlar Turkiyaga qaytariladi.

Bundan oldinroq, Turkiya 3 milliard yevro evaziga Yevropa Ittifoqiga muhojirlar inqirozi masalasida yordam berishga rozi bo‘lgani xabar qilingandi.

YeI esa bunday yordam evaziga Anqara bilan Turkiyaning YeIga a'zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor.

Top