00:09 / 30.11.2015
2367

Tusk: 2015 yilda Yevropa Ittifoqiga 1,5 mln muhojir noqonuniy kirib kelgan

Yevrokengash rahbari Donald Tuskning ma'lum qilishicha, Yevropa Ittifoqiga joriy yilda 1,5 mln muhojir noqonuniy kirib kelgan, deb xabar bermoqda Reuters.

U bu haqida Yevropa Ittifoqi — Turkiya sammitida aytib o‘tgan.

Sammitda Yevropa Ittifoqi yetakchilari Turkiya migratsiya inqirozini tartibga solishga yordam ko‘rsatsa, buning evaziga mamlakat fuqarolariga YeI mamlakatlariga kirishni vizasiz tizimini, moliyaviy ko‘mak va mamlakatni YeI tarkibiga kirish masalasini ko‘rib chiqilishini taklif qildi.

Top