11:29 / 30.11.2015
1942

Xitoyda neft quvurida sodir bo‘lgan portlash bo‘yicha 14 kishiga ayblov e'lon qilindi

Xitoyda sud 2013 yilda neft quvurida sodir bo‘lgan portlash yuzasidan Sinopec neft-kimyo korporatsiyasining 14 nafar sobiq xodimiga nisbatan turli muddatlardagi qamoq jazosini e'lon qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

O‘sha paytdagi portlash natijasida 63 kishi halok bo‘lgan, yana 156 kishi jarohat olgan edi.
Sinopec kompaniyasi xodimlari uch yildan olti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi, shuningdek, mahalliy ma'muriyatning olti nafar amaldori mas'liyatsizligi sababli uch yarim yillik qamoq jazosiga mahkum etildi.

2013 yilning 22 noyabr kuni Tsindao shahri yaqinida neft quvurida portlash sodir bo‘lgan edi. Hodisadan mamlakat iqtisodiyoti 751,7 mln yuan ($117,53 mln) zarar ko‘rgan.

Top