16:33 / 01.12.2015
3381

Beeline o‘z tarmog‘ida Quyosh quvvatini ishlatmoqda

O‘zbekiston aloqa operatori Beeline mavjud baza stansiyalarining tarmoqlari uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlanishi va elektr quvvatini tejash maqsadida quyosh batareyalaridan foydalanish bo‘yicha yirik loyihaning ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Bugungi kunda yuzlab faoliyat yuritayotgan va yana o‘nlab 2015 yilning so‘ngiga qadar yoqilishini kutayotgan tizimlar haqida so‘z olib borilmoqda.

“Quyosh quvvatining ishonchliligi, shovqinsizligi va avariyasiz uzoq muddat ishlashi kabi hammaga ma'lum afzalliklari bilan bir qatorda uning eng asosiy foydasi uning har yerda mavjudligidir. O‘zbekiston haqida gapiradigan bo‘lsak, quyosh nuri deyarli hamma yerda bor, ko‘pincha aynan shu omil juda muhimdir, – belgilaydi Unitel‘ning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev. – Nima bo‘lganda ham, tarmoq – bu har qanday mobil operatorning eng asosiy poydevoridir, shuning uchun baza stansiyalarning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi – bu biz uchun juda muhim, va biz shu bilan respublika energetikasini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga o‘z hissamizni qo‘shgan holda ushbu yo‘nalishga sarmoyalarimizni ko‘paytirishda davom etamiz”.

Belgilab o‘tish joiz, kompaniya shunga o‘xshash yechimlarni joriy qilishda katta tajribaga ega: masalan, 2013 yilda Beeline‘ning yuzlab reklama qurilmalari quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan avtonom tizimlar bilan jihozlangan edi, hozir esa biz ilk bor asosiy tarmoqni rezervli quvvat bilan ta'minlash bo‘yicha ilk bor jiddiy qadam qo‘ydik.

Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov: “Har bir mijozlarga qulayliklar tug‘diruvchi biznes kabi bizning maqsadimiz – avariya holatlarida ham uzluksiz ravishda abonentlarga sifatli xizmatlarni taqdim etish – har qanday resurslarni rezerv qilishning manosi aynan shunda. Bundan tashqari biz ijtimoiy mas'uliyatga ega, o‘z biznesini ochiq-oydinlik va ekologiklik negizida quradigan kompaniyamiz. Shunday ekan yashil energetika va elect quvvatini tejash ham strategiyamizning ajralmas qismi, ham biznes olib borilishining falsafasiga kiradi”.

Bundan tashqari, bu loyihada Beeline fotoelektr elementlarni taqdim etuvchi mahalliy ta'minotchidan quyosh panellarini harid qilgan holda, mamlakat sanoatini qo‘llab-quvvatlamoqda. Buning sababi yirik korporatsiyalar tomonidan berilgan katta miqdordagi buyurtmalar ushbu ishlab chiqarish sohasini rivojlantirib, uni ham kichik biznes, ham aholi uchun qulay va arzon bo‘lishiga imkoniyat tug‘diradi. 

Top