17:49 / 01.12.2015
6416

Erdo‘g‘an: Turkiya Rossiya bilan munosabatlardagi keskinlikni istamaydi

Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning Su-24 voqeasidan so‘ng keskinlashib ketishi diplomatik yo‘l bilan hal qilinishi lozim, deb hisoblaydi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an. Bu haqda u amerikalik hamkasbi Barak Obama bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunlariga ko‘ra berilgan matbuot anjumani chog‘ida aytib o‘tdi.

“Biz hurmatli Obama bilan Rossiya bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildik. Turkiya yuzaga kelgan inqirozni diplomatik sa'y-harakatlar bilan bartaraf qilish tarafdoridir”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Top