08:46 / 01.12.2015
5835

Poroshenko va Erdo‘g‘on Donbass vaziyati va Su-24M halokatini muhokama etishdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Parijda bo‘lib o‘tayotgan iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan sammit doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on bilan Donbass vaziyati va turk harbiy-havo kuchlari tomonidan Suriyada urib tushirilgan Rossiyaning Su-24M samolyotining halokati yuzasidan gaplashishdi. Bu haqda Ukraina matbuot-xizmati boshlig‘i xabar bergan.

Suhbat davomida Poroshenko yil boshida Turkiyaga tashrif buyurishini aytib o‘tgan. "Biz bu tashrif katta muvaffaqiyat olib keladi, deb ishonamiz. Unda iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik masalalari muhokama etiladi”, - deb ma'lum qildi Ukraina.

Top