08:52 / 01.12.2015
8908

Putin: Turkiya Su-24 ni IShID neftining xavfsizligini ta'minlash uchun urib tushirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva qo‘lga kiritayotgan ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiya hududiga neftning keng masshtabda kirib kelayotganini hamon kuzatish mumkin, deb ta'kidlab o‘tdi.

Putinning tushuntirishicha, Su-24 samolyoti IShID terrorchilik tashkiloti navbatdagi neft savdosini olib borishi xavfsizligi uchun urib tushirilgan.

“Turkiya ushbu neft yo‘lini himoya etish maqsadida bizning samolyotni urib tushirgan, deya bemalol ayta olishga haqlimiz”, — dedi prezident.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, suriyalik turkmanlarni himoya etish bu quruq bahona.

Top