16:10 / 01.12.2015
6433

Qirg‘izistonda yer silkinishlari yaqin vaqtlar ichida yana davom etishi mumkin

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida sodir bo‘lgan zilzila mamlakat seysmologiya instituti tomonidan 2015 yilning oxirida seysmik faollik kuzatilishi bo‘yicha qilgan bashoratlarini tasdiqladi. Bu haqda institut direktori Kanatbek Abdraxmatov «24.kg» nashriga ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday yer silkinishlari mamlakat hududida yaqin vaqtlar ichida davom etishi mumkin.

«Zilzila kuchi vaqti bo‘yicha deyarli barcha prognozlarimiz o‘zini to‘liq oqladi. Kelgusida kuzatilishi mumkin bo‘lgan holatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2016 yilning boshlanishida ham shu kabi silkinishlar kuzatilishi mumkin. Ammo yil o‘rtalari va oxirlariga kelib seysmik faollik pasayadi. Keyingi bunday qattiq silkinishlar 2018 yildan 2024 yillar oralig‘ida kuzatilishi mumkin», - deya ta'kidladi Kanatbek Abdraxmatov.

Qayd etib o‘tish joiz, Yevropa-o‘rtayer dengizi seysmik markazi (EMSC), bergan ma'lumotga ko‘ra, bugun Toshkent vaqti bilan 11:13da Qirg‘iziston hududida 5,3 magnitudali zilzila kuzatilgan. Zilzila episentr Bishkekdan 184 kilometr uzoqlikda janubiy-g‘arbiy qismida va shimoliy-sharqdagi 69 kilometr uzoqlikdagi Jalolobod hududida kuzatilgan. Silkinish yer sharining 40 kilometr chuqurligida kuzatilgan.

O‘zbekistonning sharqiy hududlarida ham bu zilzila ta'siri sezildi.

Top