17:41 / 02.12.2015
2685

Gari Nevill "Valensiya"ning yangi bosh murabbiyiga aylandi

Ispaniyaning "Valensiya" jamoasi Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi, futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin sport jurnalisti sifatida faoliyat ko‘rsatishni boshlagan Gari Nevillni yangi bosh murabbiyi sifatida e'lon qildi.

40 yoshli ushbu mutaxassis bilan 2016 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzilgan. Nevill yangi lavozimida 6 dekabr kunidan boshlab ishga kirishishi mumkinligi aytilgan. Shu kuni YeChLning 6-turi doirasida "Lion"ga qarshi uchrashuv o‘tkaziladi.

Gari Nevill 4-dekabr kuni "Mestalya" o‘yingohida yangi bosh murabbiy sifatida tanishtiriladi.

Ma'lumot uchun, Gari Nevill 1992 yildan 2011 yilgacha "MYu" safida o‘ynagan. Bundan tashqari u Angliya terma jamoasi uchun 85ta o‘yinda maydonga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda "Valensiya" La Liganing navbatdagi turida "Sevilya" jamoasiga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgach, bosh murabbiy ishdan bo‘shatilgandi.

Qayd etish kerakki, "Valensiya" jamoasining murabbiylar shtabiga Fil Nevill ham kiradi.

Top