08:26 / 02.12.2015
3608

Mark Tsukerberg ota bo‘ldi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg va Pristsilla Chan oilasida qiz tug‘ilgan.

"Pristsilla va men qizimiz Maksni sizlarga tanishtirishdan xursandmiz", deya yozgan Tsukerberg o‘z sahifasida.

U shu munosabat bilan qoldirgan postida farzandi kelajakda yanada yaxshiroq dunyoda yashashiga ishonch bildirgan hamda bunday dunyo qurilishida o‘z hissasini qo‘shishini aytib o‘tgan.

Uning qayd etishicha, hozirda odamlar ko‘plab kasalliklarga davo topishdi, qashshoqlik darajasi pasaytirildi va inson huquqlari himoyasi ta'minlangan kuchli jamiyatlar barpo etildi.

Bundan oldinroq, Tsukerberg qizi dunyoga kelishidan keyin 2 oyga ta'tilga chiqishi xabar qilingandi.

Top