20:11 / 02.12.2015
11181

Pozner: Putin o‘z yo‘lining boshida AQSh va G‘arbga qo‘l uzatgan edi

Vladimir Putin 2000 yilda Rossiya prezidenti bo‘lganida u Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lishga harakat qilib ko‘rdi, ammo G‘arb davlatlarining sovuq munosabatidan so‘ng o‘z yo‘lidan borishga qaror qildi. Bu haqda rossiyalik mashhur jurnalist Vladimir Pozner “Biznes Online” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“2000 yilda Putin hokimiyatga kelganida, u, badiiy qilib aytganda, AQSh va G‘arbga qo‘l uzatdi, - dedi u. – Yevroittifoqqa oshiqdik. Bizga, yo‘q, yigitlar, siz ortiq darajada kattasizlar, deyishdi... NATOga oshiqdik! Javob berishdi: bu nima deganingiz? Keyin siz sovuq urushni yutdingiz, endi hech qayerga burun suqmang, 70 yillik kommunzim vaqtida jonimizga tegib bo‘ldingiz, deyishdi. Serbiya bombalanganida biz bo‘ralatib baqirdik, lekin hech kim bizga e'tibor bermadi”.

“Putin chidadi, chidadi, keyin G‘arb biz bilan bo‘lishni istamaydi, degan xulosaga keldi, - co‘zida davom etdi jurnalist. – Ular bizning manfaatlarimizni inobatga olishni istamadi, ular dunyoda bitta qutb – AQSh qolganini aytishmoqda. Va 2007 yili Myunxenda G20 to‘planganida Putin chiqish qilib, ish bunday davom etmasligini, dunyomiz ko‘p qutbli ekanligini, va ular bizning geosiyosiy manfaatlarimizni inobatga olishi zarurligini aytdi. Mana shundan boshlandi”.

Top