10:39 / 02.12.2015
3757

"Roma" muxlislari futbolchilarga qarata: "Yoqimli ishtaha, quyonlar"

"Roma" jamoasi muxlislari futbolchilarni g‘aroyib usulda "tabriklashdi".

Muxlislar YeChLda "Barselona"ga 1:6 hisobida va ichki chempionatda "Atalanta"ga 0:2 hisobida imkoniyat boy berilganidan keyin jamoa bazasiga 7ta qutiga solingan 50 kg sabzi keltirishgan va "BUON APPETITO CONIGLI!!" (Yoqimli ishtaha, quyonlar!" yozuvi tushirilgan bannerni ko‘tarib turishgan.

La Gazzetta dello Sport nashri muxbirining qayd etishicha, bunday o‘xshatish Italiyada o‘ta og‘ir haqorat hisoblanadi.

Top