19:02 / 02.12.2015
5267

Rossiya Mudofaa vazirligi: IShID kuniga 200 ming barrelgacha neft tashish imkoniga ega

IShID jangarilari kamida 8,5 mingta avtosisternaga ega va ular bu vositalar orqali kuniga 200 ming barrel neft tashishlari mumkin. Bu haqda "Gazeta.Ru" nashriga Rossiya Bosh shtabi bosh boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskiy ma'lum qilgan.

"Bugungi kunga kelib, jangarilarda 8,5 mingta atrofida neft tashuvchi avtosisterna mavjud va ular kuniga 200 ming barrelgacha neft mahsulotlari tashish imkoniga ega hisoblanishadi. Bu orqali hududda jinoiy biznes rivojlanmoqda", deydi u.

Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov brifing vaqtida IShID noqonuniy neft savdosi orqali yiliga 2 mlrd dollar mablag‘ ishlab olishi haqida ma'lum qilgan.

Biroz avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligida Rossiya HHK samolyotlari berayotgan zarbalar orqali Suriya hududidagi IShID jangarilarining neft qazib olish hajmi 2 barobar pasaytirilgani ma'lum qilingandi.

Top