19:58 / 02.12.2015
23317

Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya-Suriya chegarasidagi benzovozlar fotosuratlarini e'lon qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriya va Turkiya hududida to‘plangan benzovozlar aks etgan fotosuratlarni e'lon qildi. Ular vazirlik saytida e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, Suriyadagi operatsiyalar jarayonida IShIDning Suriya va Iroq hududidagi o‘z nazorati ostida bo‘lgan mintaqalardan Turkiyaga neft tashilishining uchta asosiy yo‘nalishi aniqlangan.

“G‘arbiy yo‘nalish Turkiyaning O‘rta Yer dengizi qirg‘og‘idagi portlariga chiqsa, shimoliysi Turkiya hududidagi Batman neftni qayta ishlash zavodiga yo‘l oladi. Sharqiy yo‘nalish esa Jizr aholi punktidagi yirik yuk ortish va tushirish bazasiga qaratilgan”, -deyiladi xabarda.

Vazirlikning aytishicha, Turkiya tomonidagi A kvadratda 240ta benzvoz va yuk mashinasi bo‘lsa, Suriya hududidagi V kvadratda 46ta benzovoz va yuk mashinalari qayd etilgan. Ular chegaradan o‘tishni kutib turishibdi.

Top