13:05 / 02.12.2015
3794

Tojikistonlik o‘smir qiz internet orqali ekstremizm chorlovlarini amalga oshirgani uchun Rossiyada sudlanadi

Vladimir viloyati sudi Tojikistonda tug‘ilgan Mavzuna Mazoriyevaning ishini ko‘rib chiqadi. Qiz internet orqali ekstremizm targ‘ibotini olib borganlikda ayblanmoqda.

18 yoshli Mazoriyevaga nisbatan ayblov viloyat prokurori o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, jinoyat kodeksining 208-moddasi 2-bandida ko‘zda tutilgan shaklda “internet tarmog‘idan foydalangan holda ommaviy tarzda ekstremizmga chaqiriqlarni amalga oshirish” deb belgilangan

2015 yil iyunida Vladimir viloyati Kolchugino shahriga tashrif buyurgan Mazoriyeva internetdagi ma'lumotlar ta'sirida radikal qarashlarga qo‘shila boshlagan. 12 avgust kuni u “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida “Asmaa na puti Allaxa” deb nomlangan shaxsiy sahifasini ochgan.

So‘ng telefondan foydalangan holda o‘z sahifasiga ekstremistik ruhdagi videolavhalarni joylashtirgan.

Top