11:25 / 02.12.2015
5817

Toshkentda do‘stiga qarz bergan odam bu pullarni ikki hissa qilib qaytarib olishga urindi

Toshkent viloyatida yashovchi 32 yoshli Shahzod tadbirkor qilish uchun do‘sti Xurshiddan 2 ming dollar qarz oldi. Ammo bir necha kundan so‘ng Xurshid do‘stidan bu pullarni ikki hissa qilib olishni reja qildi, deb yozadi “Ogoh” nashri.

U endi o‘z qarzini ustiga 800 dollar qo‘shib qaytarishni talab qildi. Aks holda oila a'zolariga zarar yetkazish bilan qo‘rqitishga o‘tdi.

Bir kuni Xurshid Shahzodning uyiga borib, do‘stining onasi bilan suhbatlashdi. U ayolga o‘g‘lining 3 800 dollar qarzi borligini, qaytarmasa, qamatib yuborishini aytib dag‘dag‘a qildi. Qo‘rqib ketgan ayol unga 4 000 dollarlik zargarlik buyumlari va 3 800 dollar pulni berib yubordi.

Bundan xabar topgan Shahzod tegishli organlarga murojaat qildi. Moddiy qimmatliklar va pullar egasiga qaytarildi, qallob esa sudlandi.

Top