10:32 / 02.12.2015
3499

Xitoydan mebel olib kelish uchun dugonasidan 5 ming dollar olgan qallob ayol qo‘lga olindi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Xitoydan mebel olib kelish uchun dugonasidan 5 ming dollar olgan qallob ayol qo‘lga olinib, sudga topshirildi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar berdi.

Aytilishicha, Xolida ismli ayol qizini uzatishni rejalashtirayotgan edi. Dugonasi Nozima Xitoydan arzonga chiroyli mebel jihozlari olib kelishni va'da qilib, undan 5 ming dollar olib ketgan. Lekin belgilangan muddatda yetib kelmagan.

Uzoq vaqt mobaynida dugonasini topa olmagan va pulini qaytarib ololmagan ayol tegishli organlarga murojaat qildi. Natijada firibgar qo‘lga olinib, javobgarlikka tortildi.

Top