18:57 / 02.12.2015
5129

Yoqutistonda olmos ko‘chkisi kuzatildi

Yoqutistonning Mirniy tumanida sodir bo‘lgan ko‘chki Lensk-Mirniy respublika ahamiyatidagi avtoyo‘lni to‘sib qo‘ydi. Keyinroq aniqlanishicha, ko‘chgan tog‘ jinslarida juda ko‘p olmos bor ekan. Voqea 28 noyabr kuni sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “Rossiyskaya gazeta”.

Ma'lum bo‘lishicha, ko‘chki massasini olmos qazib oluvchi korxona zavodining qayta ishlangan jinslar saqlanuvchi qismidagi moddalar tashkil qilgan. Bu qayta ishlangan jinslar bo‘lib, undan qimmatbaho kristallarning asosiy qismi o‘tgan asrning 60-yillar oxiridayoq olib bo‘lingan. Ammo, Yoqutiston sanoat vazirligi xodimlarining uqtirishicha, bu qumlarda ko‘plab olmoslar qolib ketgan, va bugungi kunning zamonaviy boyitish texnologiyalari ularni qayta ishlab, yanada ko‘proq olmos olish imkonini beradi.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, o‘tgan asrda texnologiya tog‘ jinslaridan olmoslarning 88 foizini chiqarib olish imkoniyatini berar edi. Bu degani, qolgan 12 foizi hozir yo‘lni to‘sib yotibdi.

Top