11:07 / 03.12.2015
2790

Angliya Liga kubogining yarim finali uchun qur'a tashlandi

Angliya Liga Kubogining yarim finaliga qur'a tashlandi. Unga ko‘ra, "Everton" "Manchester Siti"ga qarshi to‘p suradi. "Stok Siti" esa "Liverpul" bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

"Everton" - "Manchester Siti"

"Stok Siti" - "Liverpul"

Eslatib o‘tamiz, kecha bir o‘yindan iborat chorak final bosqichida "Liverpul" "Sautgempton" uyidan 6:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytib, yarim finalga chiqdi.

Reglamentga ko‘ra, yarim finalda 2tadan o‘yin (uy va safar) o‘tkaziladi. Birinchi o‘yinlar 2016 yilning 4 yanvar kunida, javob o‘yinlari esa 25 yanvar kunida bo‘lib o‘tadi.

Top